Galereya
Quyosh panelli mini ventilyator
Loyiha rahbari: Doniyor · Tadqiqotchi: Otabek · Taqdimotchi: Laylo 87 · A’lo
1. Muammo
Qanday muammoni hal qilmoqchisiz?
Yozda ustaxonada juda issiq, elektr ventilyator esa bitta va hammaga yetmaydi.
Bu muammo kimga, qachon xalaqit beradi?
Ustaxonada ishlaydigan o‘quvchilar, ayniqsa may-iyun oylarida.
2. Muammoni tahlil qilish
Muammoning asosiy sabablari
Ustaxona quyosh tomonda, rozetkalar kam.
Hozir qanday yechimlar bor va ularning kamchiligi
Qo‘l yelpig‘ichlari — ishlash paytida noqulay.
Qarama-qarshilik (TRIZ)
Ventilyator kuchli bo‘lishi kerak, lekin rozetkasiz ishlashi kerak.
3. G‘oya generatsiyasi
G‘oyalar ro‘yxati
- Eski kompyuter kuleri + quyosh paneli
- Shamol tegirmoni prinsipi
- Akkumulyatorli ventilyator
- Deraza tirqishidan havo oqimi
- Nam mato bilan sovutish
Tanlangan g‘oya va nega aynan u?
Eski kompyuter kuleri va kichik quyosh paneli — qayta ishlatiladigan qismlardan.
4. Dizayn va loyihalash
Qanday ishlaydi?
6V quyosh paneli to‘g‘ridan-to‘g‘ri 5V kulerga ulanadi. Quyosh qancha kuchli bo‘lsa, ventilyator shuncha tez aylanadi.
Kerakli materiallar va asboblar
6V quyosh paneli, eski kuler, simlar, kalit, faner korpus
Oddiy smeta (taxminiy xarajat)
Quyosh paneli — 35 000 so‘m
Kuler — eski kompyuterdan
Sim va kalit — 8 000 so‘m
Faner — 6 000 so‘m
Jami: 49 000 so‘m
Kuler — eski kompyuterdan
Sim va kalit — 8 000 so‘m
Faner — 6 000 so‘m
Jami: 49 000 so‘m
Qaysi fanlar bilimidan foydalandingiz?
Fizika (elektr zanjiri), matematika, texnologiya
5. Prototip yaratish
Prototipni qanday tayyorladingiz?
Faner korpus kesildi, panel qopqoqqa mahkamlandi, kuler old tomonga o‘rnatildi.
6. Sinov va takomillashtirish
Sinov natijasi
Quyoshda ventilyator 1 metr masofada havo oqimini his qildirdi. Bulutli kunda sekinlashdi.
Nima ishlamadi va undan nimani o‘rgandim?
Birinchi ulashda qutblarni aralashtirib yubordik va kuler aylanmadi. Qizil-qora simlarni belgilash qoidasini o‘rgandik.
Qanday takomillashtirdingiz yoki takomillashtirish mumkin?
Kichik akkumulyator qo‘shib, bulutli kunda ham ishlaydigan qilish rejamiz bor.
7. Taqdimot va refleksiya
Loyiha natijasi (qisqa taqdimot matni)
Rozetkasiz ishlovchi, 49 000 so‘mlik ventilyator ustaxonada ishlash sharoitini yaxshiladi.
Nima yangi narsa o‘rgandingiz?
Quyosh panelining quvvati burchakka bog‘liqligini bildim.
Qaysi bosqich eng qiyin bo‘ldi?
Elektr zanjirini yig‘ish
O‘qituvchi bahosi
87/100
Muammo tahlili
14/15
G‘oyalarning xilma-xilligi
16/20
Noodatiylik
13/15
Texnik asos
16/20
Moliyalashtirish
10/10
Hujjatlash
9/10
Taqdimot
9/10
Ixtiro yo‘li
7 / 7 bosqich
O‘z-o‘zini baholash: 80 ball
Fanlararo integratsiya: Fizika (elektr zanjiri), matematika, texnologiya